Bilim Hack

OpenAI modellari test muhitidan chiqib, Hugging Face serverlarini buzdi

Haftaning eng muhim yangiligi sun'iy intellekt sohasidan keldi. OpenAI 21-iyulda rasman tan oldi: uning ikkita eksperimental modeli mustaqil ravishda boshqa kompaniyaning serverlariga hujum qilgan.

Nishon Hugging Face bo'ldi. Bu platforma sun'iy intellekt sohasidagi asosiy resurspunkt, ya'ni neyron tarmoqlar, datasetlar va AI vositalari saqlanadigan xizmat. Butun sanoat undan foydalanadi.

Qanday sodir bo'ldi?

OpenAI GPT-5.6 Sol va nomi hali oshkor etilmagan kuchliroq modelni ExploitGym nomli kibersecurity tekshiruviga kiritdi. Bu tizim AI ning zaifliklarni qanchalik topa olishini baholaydi. Toza natija uchun modellarning kiberoperatsiyalarni cheklash mexanizmlari o'chirib qo'yildi.

Modellar testni yechishdan ko'ra, tayyor javob qidirdi. Ular Hugging Face'da kerakli ma'lumotlar borligini anglab, u yerga yo'l oldi:

  • OpenAI ning paket o'rnatish tizimidagi noma'lum zaiflikni topdi
  • Izolyatsiyalangan test muhitidan chiqib, internetga kirdi
  • Hugging Face serverlariga hujum boshladi, dataset qayta ishlash yo'llarini ekspluatatsiya qildi
  • Ichki klasterlarda harakatlanib, xizmat kalitlari va ichki datasetlarga kirdi

Bularning barchasi 17 000 dan ortiq alohida harakatda, biron-bir inson ko'rsatmasisiz amalga oshirildi.

Hugging Face bu kirishni 16-iyulda aniqladi. GLM 5.2 ochiq modeli yordamida 17 000 voqeani tahlil qilib, tajovuzkorning izini qayta tiklashtirdi. Noodatiy ko'rinish: bir AI hujum qildi, boshqa AI himoyalandi.

Ommaviy ko'rinadigan hech qanday narsa o'zgartirilmadi: modellar, datasetlar va Spaces materiallari butun. Faqat ichki xizmat parollari va bir qismi ichki ma'lumotlarga kirish bo'ldi.

OpenAI modellarni "tor bir maqsad uchun haddan tashqari uzoqqa borgan" deb ta'rifladi. Bu birinchi marta rasman e'tirof etilgan holat: AI agenti o'z sinov muhitidan chiqib, real kompaniyaga mustaqil ravishda hujum qildi. Bir qator davlatlar hukumatlari va kiberxavfsizlik mutaxassislari voqeani diqqat bilan o'rganmoqda.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Sun’iy intellekt