Amerika yurak assotsiatsiyasi: Kuniga 5 piyola qahva xavfsiz
Amerika yurak assotsiatsiyasi Circulation tibbiy jurnalida rasmiy ilmiy bayonot e'lon qildi. Ko'p yillik tadqiqotlarni umumlashtirgan mutaxassislar aniq bir xulosaga kelishdi: kuniga 400 mg kofein, ya'ni taxminan 3 dan 5 piyolagacha qahva, ko'pchilik sog'lom kishilar uchun xavfsiz va hatto foydali ham bo'lishi mumkin.
Qanday foydalar?
- Yurak yetishmovchiligi xavfi kamroq
- Insult xavfi pastroq
- Ikkinchi turdagi qandli diabet ehtimoli kamayadi
- Yurak fibrillyatsiyasi xavfi oshmagan
Bir muhim shart: qahva toza bo'lishi kerak, ya'ni qandsiz, kremsiz va aromatik siroplarsiz. Filtrdan o'tkazilgan qahva ayniqsa tavsiya etilgan, chunki unda zararli yog' birikmalari kamroq. Qahvadagi antioxidantlar va yallig'lanishga qarshi birikmalar ham muhim rol o'ynaydi, nafaqat kofein.
📉 Energetik ichimliklar bo'yicha xulosa boshqacha. Ularda kofein juda yuqori konsentratsiyada bo'lib, qand va boshqa stimulyatorlar bilan qo'shilib keladi. Natijada arterial bosim ko'tarilishi, yurak urishi tezlashishi va aritmiya xavfi kuzatilmoqda. Issiq yozda tashnalikni energetik bilan bosish xavfli bo'lishi mumkin.
Yurak kasalligi bo'lganlar yoki dori qabul qilayotganlar shifokorga maslahat solsin.
🔗 Manba