Neuralink chipi o'rnatilgan bemor GTA VI o'ynamoqda: implant miya signallarini geympad buyruqlariga aylantiradi
Miyasiga Ilon Mask kompaniyasining Neuralink chipi o'rnatilgan bemor implant yordamida GTA VI o'ynayotganini ko'rsatdi. Implant miya signallarini o'qib, xuddi odam tugmalarni o'zi bosayotgandek geympad buyruqlariga aylantiradi.
Manbaga ko'ra, implant deyarli bir zumda javob beradi. Bemor o'q uzadi, mashina haydaydi va samolyotlarda uchadi.