Mobil telefon va miya saratoni: 63 tadqiqot umumiy xulosa berdi
Ko'pchilik telefonni qulog'iga qo'yar ekan bir savolga javob qidiradi: bu zarar qilyaptimi?
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti 2019-yilda elektromagnit to'lqinlar sog'liqqa qanday ta'sir qilishini chuqur o'rganish uchun 13 ta mustaqil ilmiy ko'rib chiqish buyurtma qildi. Miya saratoni bo'yicha ko'rib chiqishni Avstraliyaning ARPANSA radiaciya xavfsizligi agentligi olimlari olib bordi.
22 mamlakatda 1994 yildan 2022 yilgacha chiqarilgan 63 ta tadqiqot ko'rib chiqildi. Barcha natijalar bir xil: mobil telefon ishlatish miya saratoni, bosh yoki bo'yin o'smalari bilan bog'liqlik topilmadi.
- Telefon qancha ko'p ishlatilsa ham, xavf oshmadi.
- 10 yil yoki undan uzoq muntazam foydalanganlar ham alohida tekshirildi, natija o'zgarmadi.
- Radio va teledastur uzatgichlari ta'siri ham o'rganildi: bolalardagi leykemiya bilan ham aloqa topilmadi.
Olimlar shu nuqtaga e'tibor qaratadi: agar haqiqatan xavf mavjud bo'lsa, statistikada miya saratoni holatlari ko'payishi aks etishi kerak edi. Bunday ko'rsatkich yo'q.
Hech bir tadqiqot mutlaq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi. Lekin hozirgi dalillarga ko'ra, elektron qurilmalar uchun belgilangan me'yorlar xavfsiz chegarada turibdi. Farzandlari ko'p vaqt telefon ishlatishidan tashvishlanadigan ota-onalar uchun bu ma'lumot xotirjamlik bera oladi.