Bilim Hack

Til harakatlari bilan smartfon va kompyuterni boshqaradigan qurilma sotuvga chiqdi

San-Fransiskodagi Augmental startapi MouthPad nomli qurilmani iyul oyida ommaviy sotuvga chiqardi. Bu plastinka og'iz ichidagi tanglayga mahkamlanadi, foydalanuvchi esa tili bilan unga tegib smartfon yoki kompyuter ekranidagi kursorni boshqarib, kerak bo'lsa aylantirib, bosib ham qo'yadi.

Qurilma, avvalambor, qo'llarini ishlatib bo'lmaydigan odamlar uchun yaratilgan. Falajlik, qo'l yo'qligi yoki harakat muammosi bor insonlar MouthPad taqib, telefon qo'ng'iroq qilib, xat yozib, hatto o'yin ham o'ynay olishlari mumkin.

Og'irligi atigi 10 gramm, zaryaddan 7 soatdan ortiq ishlaydi, Bluetooth orqali iOS, Android, Windows, macOS va Linux bilan ulanadi. Har bir qurilma foydalanuvchining jag'i qolipiga qarab alohida tayyorlanadi.

Narxi 1 400 dollar, taxminan 18 million so'm atrofida.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Texnika