Bilim Hack

Maqsadli kvota orqali to‘liq grant olish mumkin

Hozir abituriyentlar hujjat topshirish bilan band, shu bois bu yangilik ayni vaqtida keldi. 2026/2027 o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari e’lon qilindi. Kvota uch sohaga ajratilgan:

  • maktab ta’limi (tumanlar kesimida)
  • sog‘liqni saqlash (tumanlar kesimida)
  • san’at (teatrlar kesimida)

Bu kvotaga kim kira oladi? Faqat o‘sha tumanning o‘zida doimiy ro‘yxatda turgan abituriyentlar. Boshqa tumanda ro‘yxatda tursangiz, maqsadli tanlovga qo‘shila olmaysiz.

Tanlov bosqichma-bosqich ketadi. Abituriyent avval maqsadli kvota bo‘yicha raqobatlashib, bali yetmay qolsa, umumiy kvota tanloviga o‘tib ketaveradi. Maqsadli kvotadan o‘tsa, umumiy tanlovda qatnashmaydi. Beshta yo‘nalishning hammasini ham maqsadli tarzda tanlash mumkin, agar o‘sha tumanga kvota ajratilgan bo‘lsa.

Grant to‘liq beriladi, ya’ni butun 4 yoki 6 yillik o‘qish davriga. Buning evaziga bitta shart bor. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, shu hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi. O‘qish davomida boshqa oliy o‘quv yurtiga o‘tish ham mumkin bo‘lmaydi.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish