O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida o'tish punktlari 15 tadan 30 tagacha oshiriladi
30-iyul kuni Cholpon-Otada O'zbekiston va Qirg'iziston rahbarlari uchrashib, chegara bo'yicha bir necha hujjatga imzo chekdi.
O'tish punktlari 15 tadan 30 tagacha ikki barobarga oshiriladi. O'tish nuqtalari ko'paysa, bitta joyga to'planib navbat kutish kamayadi, o'tish ham osonlashadi.
📋 Ikkala mamlakat fuqarolari ro'yxatdan o'tmasdan 15 kungacha qolishi mumkin. Bu, ayniqsa, ikki haftaga yaqin qoluvchilar uchun qulay.
🏛️ Andijonda Qirg'izistonning Bosh konsulligi ochilishi ham kelishib olindi. Farg'ona vodiysi aholisi konsullik masalalarini to'g'ridan-to'g'ri Andijonda hal qila oladi.
Bundan tashqari, ikki tomon Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temir yo'li qurilishini ham muhokama qildi.