ZARMED universiteti abituriyentlarga 1,6 milliard so'mlik grant e'lon qildi
2026/2027 o'quv yiliga qabul boshlandi. "Qabul granti" dasturi bir semestrlik to'lov-kontrakt summasini to'liq yoki qisman qoplaydi, bilimini isbot eta oladigan har bir abituriyent uchun imkoniyat ochiq.
Tanlov ikki bosqichdan iborat. Avval tanlagan yo'nalishingizga mos ikki fandan test topshirasiz, so'ng amaliy, yozma yoki og'zaki imtihon o'tkaziladi.
Test sinovisiz, to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichda qatnashish imkoni ham bor. Bunga quyidagilar haqli:
- xalqaro va respublika olimpiadalari g'oliblari
- oltin yoki kumush medal bilan maktab tamomlaganlar
- DTM yoki ZARMED ichki imtihonida 120 va undan yuqori ball to'plaganlar
- tegishli fandan B+, B, C+, C darajali milliy sertifikat egalari
- ingliz tili yo'nalishi uchun B2 yoki undan yuqori darajali sertifikat egalari
Imtihonsiz, to'g'ridan-to'g'ri grant bilan qabul qilinadigan toifa ham bor. IB (32 ball va yuqori), A-level (B va yuqori), SAT (1200 va yuqori) yoki A+/A milliy sertifikat shu imkoniyatni beradi.
Ariza topshirib, batafsil ma'lumot olish uchun qabul.zarmeduniver.com saytiga kiring yoki 55-704-70-70 ga qo'ng'iroq qiling.