Bilim Hack

1 avgustdan O'zbekistonda nimalar o'zgaradi

1 avgustdan O'zbekistonda bir qancha yangi qoida kuchga kirdi.

Fuqarolik sudlarida mehnat nizolarini alohida ko'radigan maxsus sudyalar ish boshladi. Oliy sud kollegiyasida 4 nafar, viloyat va Toshkent shahar sudlarida bittadan 3 nafar sudya tayinlangan. 1 avgustdan keyin tushgan arizalar shu sudyalarga beriladi, undan avval qabul qilinganlar avvalgi tartibda ko'rilishda davom etadi.

📉 5 avgustdan chiqindi, shina, rezina yoki bitum yoqish uchun jarima joriy bo'ladi. Bu qoida issiqxonalarga ham tegishli. Birinchi marta qoidani buzgan fuqaro 6,18 dan 10,3 million so'mgacha to'laydi, mansabdor shaxsga esa 10,3 dan 20,6 million so'mgacha jarima qo'llaniladi. Bir yil ichida ikkinchi marta takrorlansa, jarima ikki barobar oshadi.

Eski avto egalari ham 1 avgustdan trade-in dasturida qatnasha oladi. Eski mashinani topshirib yangilariga chegirma olish imkoniyati ochildi.

Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Layfxaklar