Salusia ganteli revolyuver shaklida, og'irlik «o'q» bilan sozlanadi
Xitoylik "Salusia" brendi revolyuverga o'xshash gantel taqdim etdi. Uning barabani bor va o'sha barabanga «o'q» shaklidagi og'irliklar solinadi. Nechta «o'q» bo'lsa, og'irlik shuncha.
Bo'sh gantel 2,5 kg keladi. Barcha 12 ta «o'q» joylashtirilsa, umumiy og'irlik 5 kg ga yetadi. Bundan og'irroq versiyalar ham bor: 10, 15 va 20 kg.
🔊 Barabanni aylantirish faqat bir tomonga mumkin. Har bir «o'q» joyiga tushganda qattiq «klik» ovozi chiqadi. Bu ovoz tasodifiy emas: Salusia shu sezimni dizaynning asosi qilib olgan.
Zanglamaydigan po'latdan maxsus uskunada yuqori aniqlikda tayyorlangan. Narxi taxminan 11 million so'mdan boshlanadi.