Bilim Hack

Skullcandy Crusher 1080 ANC quloqchinida Bose texnologiyalari ishlatilgan

Skullcandy yangi flagman quloqchinini Bose bilan hamkorlikda ishlab chiqdi. Crusher 1080 ANC deb ataladigan bu quloqchinda Bose ning to'rtta texnologiyasi birga keladi.

Bose WaveForm Audio Engine har qanday ovozda tovushni to'liq va toza ushlab turadi. Bose TrueSpatial 3D texnologiyasi bosh harakatini kuzatib, kengaytirilgan tovush sahnasi yaratadi: o'yinda oyoq tovushi orqangdan, portlash chap tomoningdan eshitiladi. Shovqin bostirish uchun Bose QuietControl faol shovqin o'chirish (ANC) va 6 ta mikrofon o'rnatilgan. Qo'ng'iroqlarda nutq aniqligi uchun esa Bose SpeechClarity ishlatiladi.

Skullcandy ning Crusher Bass xususiyati ham saqlab qolindi. Maxsus past chastotali dinamiklar tovushni quloqqa yetkazibgina qolmay, quloqchini kichik subvuferdek jismoniy his ettiradi. Intensivlikni quloqchin yonidagi disk yoki ilova orqali sozlash mumkin.

📉 Batareya: faol shovqin o'chirish yoqilmagan holda 60 soat, yoqilganda 50 soat. 10 daqiqa zaryadlash 4 soat beradi.

Yagona muammo: og'irligi 374 gramm. Raqiblari Sony XM6 va Bose QuietComfort Ultra ga qaraganda ancha og'irroq.

Narxi 280 dollar, taxminan 3,6 million so'm. Bose ning o'z QuietComfort Ultra quloqchini 449 dollardan boshlanishini hisobga olsak, bu narx juda qulay.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Texnika