Bilim Hack

O'zbekistonda plastik idishlar uchun majburiy garov tizimi taklif etildi

20-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Milliy ekologiya va iqlim o'zgarishi qo'mitasi rais o'rinbosari Iskandar Kutbiddinov plastik va shisha idishlar, alyuminiy bankalar uchun majburiy depozit tizimini joriy etish taklifini berdi. Taklif chiqindilar to'g'risidagi qonunning yangi tahririda ko'rib chiqilmoqda, loyiha birinchi o'qishda qo'llab-quvvatlandi.

Ichimlik sotib olganingizda narxiga qo'shimcha garov summasi kiritiladi, bo'sh idishni qabul punktiga topshirsangiz esa o'sha summani qaytarib olasiz. Ko'ngilli tizim amalda ishlamayapti, qayta ishlash darajasi esa 6,2% da qolmoqda. Shu sababli majburiy tartib joriy etish taklif etilmoqda.

Garov miqdori, tizim operatori va tartib kuchga kirish muddati hali aniqlanmagan.

Toshkent va Surxondaryoda sinov ishlayapti

23-sentabrda Norvegiyaning TOMRA kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent va Surxondaryo viloyatida birinchi fandomatlar ishga tushirildi. Toshkentdagi apparat Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 7A manzilida joylashgan.

Apparat plastik va shisha idishlar hamda alyuminiy bankalarni qabul qiladi. Har bir idish uchun 150 so'm to'lanadi, mablag' Click orqali elektron hamyonga o'tkaziladi. Pulni xayriya maqsadlariga yo'naltirishingiz ham mumkin.

Sinov muvaffaqiyatli bo'lsa, fandomatlarni boshqa viloyatlarda ham o'rnatish rejalashtirilmoqda.

🔗 Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Layfxaklar