Bilim Hack

Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etilmoqda

Prezident 16-oktabrda Toshkent xalqaro moda akademiyasini tuzish to'g'risida farmon imzoladi. Bu yangi davlat oliy o'quv yurti Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida ishlaydi.

Akademiya Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti bilan Parij xalqaro moda akademiyasi (Académie internationale de coupe de Paris) birgalikda ishlab chiqqan dastur asosida tashkil etiladi. Hozir shu dasturda o'qiyotgan talabalar yangi akademiyaning diplomini olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Kelajakda Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Turkiya oliy o'quv yurtlari bilan qo'shma dasturlar kiritilishi va chet el talabalarini jalb qilish ko'zda tutilmoqda.

2027/2028 o'quv yilidan dual ta'lim joriy etiladi. O'quv vaqtining 30 foizi universitetda, qolgan qismi bevosita korxonalarda o'tadi. Texnikum bitiruvchilari yetarli GPA ko'rsatkichi bilan akademiyaga uchinchi kursga to'lov asosida kirish huquqini oladi.

Akademiya Koreys-o'zbek ta'lim-amaliy to'qimachilik texnoparkining binosida joylashadi, texnopark o'z faoliyatini tugatmoqda.

🔗 Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish