2027-yildan ko'p qavatli uylar liftlari har oy tekshirilishi shart
Hukumat 22-oktabr kuni 588-sonli qaror qabul qilib, liftlarni tartibga soluvchi yangi talablar belgiladi.
📋 2027-yil 1-yanvardan bino boshqaruvchilari liftlarga har oyda kamida bir marta texnik xizmat ko'rsatilishini ta'minlashi shart bo'ladi. Ro'yxatdan o'tkazish, shartnoma tuzish va tekshiruv natijalari hammasi «Xavfsiz lift» nomli yagona elektron platforma orqali yuritiladi. Ro'yxatdan o'tish bepul: dastlabki ko'rikdan o'tgan lift ikki ish kuni ichida ro'yxatga kiritiladi, bino boshqaruvchisi QR-kodli ma'lumotnoma oladi.
📱 Har bir lift kabinasida identifikatsion raqam, ro'yxat tasdiqlovchi QR-kod va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotning aloqa raqamlari ko'rinib turadigan joyda bo'lishi shart.
⛔ Yo'lovchi liftlarida qurilish materiallari, qurilish chiqindilari, portlovchi, olovga chidamsiz, radioaktiv va o'ta zaharli moddalar tashish qat'iyan taqiqlangan.
🔧 Yangi o'rnatilgan liftlarga kamida uch yillik kafolat berilishi shart. Kafolat muddatida ta'mirlash va ehtiyot qismlarni almashtirish 15 kundan oshmasligi kerak.
Qizil axborot taxtasi qo'yilib, foydalanish taqiqlangan liftlar uchun xizmat ko'rsatuvchi tashkilot shu davr mobaynida oylik to'lov talab qila olmaydi.
🔗 Manba