Bilim Hack

Ovoz uchun pul taklif qiluvchi Telegram botlar fuqarolarni aldayapti

Tashabbusli byudjetda ovoz berayotganlar ehtiyot bo'lsin. Telegram'da norasmiy botlar paydo bo'lib, muayyan loyihalarga ovoz berish evaziga pul va'da qilmoqda. Ba'zilari "rasmiy" so'zini va Ochiq budjet portaliga o'xshash belgini ishlatib, odamlarni chalg'itmoqda.

Ko'pchilik bunday taklifga ishonib, havolaga bosib, bir zumda pulini yoqotib qo'ymoqda.

Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi bir nechta blogerni ogohlantirdi: utkir_shodmonov, Mominlive.1, Aslbek_emir va jasjannew. Ogohlantirishdan so'ng ular reklamani o'chirib tashlashdi.

⚠️ Eslatma: Tashabbusli byudjetda ovoz berish bepul va ixtiyoriy. Hech kim ovoz uchun pul to'lamaydi.

Rasmiy kanallar faqat uchta:

  • openbudget.uz sayti
  • Android va iOS ilovalari
  • Telegram'dagi rasmiy bot

11-mavsum 15-iyulda boshlangan. 4-avgustgacha ovoz berishingiz mumkin: faqat rasmiy kanal orqali, bepul.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Havfsizlik