1 avgustdan farzandingizni boshqa mikrohududdagi maktabga topshirish mumkin
Birinchi bosqichda allaqachon ariza bergan bo'lsangiz ham, qo'shimcha imkoniyat bor. 1 avgustdan boshlab farzandingizni o'z mikrohududingizdan tashqaridagi maktabga ham topshirsangiz bo'ladi. Buning uchun tanlagan maktabingizda bo'sh joy bo'lishi kifoya.
Qanday qilinadi?
my.gov.uz portaliga kirib, «1-sinfga qabul» xizmatini ochasiz, farzandingizni belgilab, qabul jarayonini boshlaysiz. «Ariza topshirishning hududiy darajasi» bo'limida «Tuman doirasida qabul» bandini bosganingizda tizim mikrohududdan tashqaridagi maktablarni ham ko'rsata boshlaydi. Bo'sh joyli maktabni tanlab, arizani tasdiqlaganingizda tizim hujjat topshirish sanasini o'zi belgilaydi va telefoningizga xabar yuboradi.
- Birinchi bosqichdagi arizangiz o'z kuchida qoladi, yangi ariza esa undan alohida qabul qilinadi.
- Ariza tasdiqlangach, hujjatlarni yangi tanlagan maktabingizga shaxsan borib topshirasiz.
Ikkinchi bosqich 31 avgustgacha davom etadi. Maktabni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, ayni vaqti.