Bilim Hack

Google 67 yil davomida hech kim ko'rmagan Pelening golini AI bilan tikladi

Google 67 yil davomida hech kim ko'rmagan Pelening golini AI bilan tikladi

1959-yil, Sao Paulo. Pele o'shanda 18 yoshda edi. Santos jamoasi Juventusga qarshi 4:0 g'alaba qozondi, Pele esa ketma-ket uchta fint bilan himoyachilarni va darvozabonni to'pni yerga tushirmasdan aldab o'tib, bosh bilan golni urib kiritdi. Tribunalar lol bo'lib qoldi. Faqat bitta muammo bor edi: kamera yo'q edi.

O'sha gol 67 yil davomida faqat ko'rganlarning xotirasida yashadi.

Google DeepMind bu golni tiklash uchun qariyb ikki yil ishlab, tarixchi Anita Lukkezi jamoasi bilan birgalikda 2000 ga yaqin hujjat to'pladi. Gazetalar, stadion sxemalari, oilaviy albomlar, o'sha kungi muxlislar kiyimlari aks etgan suratlar, hatto bolalar chizgan rasmlar ham ishga solindi. Jami 3600 dan ortiq tarixiy tasvirdan foydalanildi.

🎬 Texnik jarayon ham hayratlanarli. Aktyorlar o'sha davr libosini kiyib, og'ir charm to'p bilan kombinatsiyani takrorlab, oltita kamera oldida suratga olindi. Bu materiallar Veo 3 asosidagi Performance Control tizimiga yuborildi. Algoritm aktyorlarning harakatlaridan uch o'lchamli geometriya ajratib olib, shu zamin ustiga yosh Pelening tashqi ko'rinishini, 1959 yilgi stadion arxitekturasini, o'sha kungi bulutli osmonni va tribunalardagi muxlislarni qayta yaratdi. VFX mutaxassislari ranglarni sozlab, raqamli nuqsonlarni to'g'rilab, natijani eski kinotasma ko'rinishiga keltirdi.

Google AI kreativ direktori Kei Uokerning so'zlaricha: "Bu shunchaki prompt yozish bo'lgani yo'q. Hammasi maydonning o'zida boshlandi." Rolik hozir Santos shahridagi Pele muzeyida namoyish etilmoqda.

https://youtu.be/R-Yqes8AotY?t=430&si=kv-6e1WV0bcDE_u3

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Qiziqarli