Startaplarga 6 million dollar: AI yo'nalishi tanloviga ariza topshirish muddati 1-avgust
Sun'iy intellekt sohasida loyiha ishlab chiqayotganlar uchun muhim xabar: "President AI Award" tanloviga ariza topshirish muddati 1-avgustda tugaydi.
Bu yil "President Tech Award" va "President AI Award" bir vaqtda ishga tushirildi. Ikki tanlovning umumiy investitsiya va mukofot fondi 6 million AQSH dollarini tashkil etadi.
"President AI Award" (1 million dollar) beshta yo'nalish bo'yicha loyihalar qabul qiladi:
- davlat boshqaruvi
- sanoat va biznes
- sog'liqni saqlash
- ta'lim
- yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar
Har yo'nalishdan 3 ta g'olib topiladi, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
"President Tech Award" (5 million dollar) formatida esa g'oya bosqichidan yuqori o'sish ko'rsatkichlarigacha 70 tagacha jamoa qo'llab-quvvatlanadi. Bu tanlovga 30-avgustga qadar ariza topshirish mumkin.
Ikkalasida ham 18 yoshdan katta, 3 dan 8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. O'zbekiston fuqarolari bilan birga mamlakatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ham ishtirok eta oladi.
Ariza: awards.gov.uz