Bilim Hack

Dubay aeroportida 80 ta ish o'rni: oyiga 2250 dollar, barcha xarajatlar qoplanadi

Migratsiya agentligi Dubay xalqaro aeroportida 80 ta ish o'rni e'lon qildi. Biznes va birinchi toifa yo'lovchilari uchun maxsus kutish zallarida xizmat ko'rsatadigan xodimlar kerak.

20 dan 30 yoshgacha bo'lgan, ingliz tilini kamida B2 darajada biladigan erkak va ayollar murojaat qila oladi. Mehmonxona yoki restoran xizmati yo'nalishida mutaxassislik va oziq-ovqat hamda ichimliklar sohasida kamida bir yillik ish tajribasi shart. IELTS yoki TOEFL sertifikatiga ega bo'lganlar afzallik oladi.

💰 Oylik maosh: 8 226 dirham, ya'ni 2 250 dollar (taxminan 28 mln so'm). Daromad solig'i ushlab qolinmaydi. Mehnat shartnomasi 2 yilga, ish grafigi kuniga 8 soat.

Ish beruvchi o'z zimmasiga oladigan xarajatlar:

  • Ish vizasi va ruxsatnomasini rasmiylashtirib berish
  • O'zbekistondan Dubayga aviachipti
  • Aeroportdan ish joyigacha transfer
  • Tibbiy sug'urta
  • Turar joy, ovqatlanish va transportni to'liq qoplash

🗓 Arizalar 13 avgustgacha qabul qilinadi, qo'lda 14 kun qoldi. Hujjatlar 3 dan 7 kungacha ko'rib chiqilib, talablarga mos nomzodlar 20 dan 25 avgustgacha o'tadigan onlayn suhbatga taklif etiladi.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Layfxaklar