Neuralink g'ildirakli kreslo boshqaruvini miya signallari orqali namoyish etdi
Elon Musk kompaniyasi Neuralink shu iyulda PRIME klinik sinovi bo'yicha yangi video e'lon qildi. Unda ko'rsatilgan manzara haqiqatan ham g'ayrioddiy: miya chipi qo'yilgan bemorlar g'ildirakli kreslosini faqat fikr bilan boshqarmoqda. Qo'l tekkizmasdan, ovoz buyruqsiz.
Qanday ishlaydi?
Neuralink N1 chipi motor korteksga, ya'ni harakatlarni rejalashtiruvchi miya sohasiga o'rnatiladi. 1024 ta ingichka elektrod neyronlar signallarini ushlab oladi. Sun'iy intellekt modeli bu signallarni virtual kursor harakatiga aylantiradi, kursor esa g'ildirakli kreslo kamerasiga yo'nalish buyrug'i beradi: oldinga, orqaga, o'ngga, chapga. Hatto suyanchiqni ham shunday rostlash mumkin.
📉 Hozircha dunyo bo'ylab 26 kishi Neuralink chipini qabul qilgan. Sinovlar asosan orqa miya jarohati yoki ALS, ya'ni asab-mushak tizimini asta-sekin ishdan chiqaruvchi kasallik tufayli to'liq falaj bo'lgan bemorlar bilan olib borilmoqda.
Texnologiya hali FDA, ya'ni Amerika oziq-ovqat va dori-darmon nazorat idorasi tomonidan tasdiqlanmagan. Ammo har bir yangi namoyish uni haqiqiy tibbiy yordamga bir qadam yaqinlashtirmoqda.