Bilim Hack

O'zbekistonning uchta universiteti 2026-yilgi Erasmus Mundus magistrlik dasturlarida sherik bo'ldi

Yevropa Komissiyasi bu safar 37 ta Erasmus Mundus qo'shma magistratura dasturini moliyalashtirish uchun tanladi. Shulardan uchtasida o'zbekistonlik oliy ta'lim muassasalari sherik sifatida qatnashmoqda:

  • TATU Qarshi filiali: SMARTLight dasturi (6G telekommunikatsiya texnologiyalari)
  • Beruni nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti: ME3-4S dasturi (atrof-muhit va energetika muhandisligi)
  • Toshkent Turin Politexnika universiteti: CNE dasturi (kimyoviy nano-muhandislik)

Erasmus Mundus magistraturasi degani nima? Bir nechta Yevropa universiteti birgalikda olib boradigan dastur. Talabalar turli davlatlarda tahsil oladi, Yevropa Ittifoqi esa stipendiya ajratadi.

Ariza topshirish 2026-yil kuzida boshlanadi, o'qish esa 2027-yil sentyabrdan. Kuz yaqin, stipendiyaga raqobat qattiq bo'ladi. Shu bois hujjatlarni hozirdan tayyorlab qo'yish kerak: ilmiy maqolalar, loyiha tajribasi, B2/C1 til sertifikatlari.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Ota-onalar uchun