Bilim Hack

AgriTech Gov Challenge: 30-iyulgacha ariza topshirish mumkin

Agrosektorda raqamli yechim ishlab chiqayotgan startap bo'lsangiz, muddatni o'tkazib yubormang. AgriTech Gov Challenge uchun ariza qabul qilish 30-iyulda yakunlanadi, ya'ni atigi ikki kun qoldi.

Tanlangan jamoalar O'zbekistonning yirik qishloq xo'jaligi klasterlaridan biri bilan haqiqiy sharoitlarda mahsulotini sinovdan o'tkazadi. Bu korporativ buyurtmachiga to'g'ridan-to'g'ri kirish va uzoq muddatli hamkorlik imkoniyati.

Yetti yo'nalish bo'yicha ariza qabul qilinadi:

  • Fermerlar uchun raqamli ta'lim: o'quv materiallar, testlar, sertifikatlar va hosildorlikni oshirish bo'yicha tavsiyalar
  • Agrologistika: yuk va tashuvchi qidirish, yo'l monitoringi, harorat nazorati, raqamli hujjatlar
  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdo platformasi: fermerlar va xaridorlarni, shu jumladan eksport uchun ham birlashtiradi
  • Fermer xo'jaligini raqamli boshqarish: yer, hosil, xodimlar va texnikani hisobga olish, moliyaviy tahlil
  • Agrar moliyaviy xizmatlar: kredit, sug'urta, lizing, to'lovlar va subsidiyalarni boshqarish
  • Aqlli dehqonchilik sensorlari: namlik va harorat o'lchagichlari, avtomatik sug'orish, issiqxona monitoringi
  • Boshqa qishloq xo'jaligi texnologiyalari: sun'iy intellekt, robototexnika, eksport, sifat nazorati

Kim qatnasha oladi?
Ishlayotgan mahsuloti yoki birinchi prototip bosqichiga yetgan loyihasi bor, dastlabki mijozlari yoki sinov joriy etish tajribasi mavjud startaplar. Boshqa raqamli xizmatlar bilan integratsiya qila olish imkoniyati ham mezonlardan biri.

Ariza topshirish uchun startupbase.uz saytiga kiring.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish