Wi-Fi routeringiz devor ortidagi odamni seza oladi
Bir ishqiboz oddiy uy routerini odam detektoriga aylantirdi. Kamera yo'q, maxsus sensor yo'q. Faqat router va bir nechta arzon platalar.
📡 Tizim qanday ishlaydi? Wi-Fi to'lqini xonada odamga tegib, taralish yo'li biroz o'zgaradi. Ana shu nozik o'zgarishlarni sun'iy intellekt tahlil qiladi va quyidagilarni aniqlay oladi:
- xonada odam bormi yoki yo'qmi
- u harakatlanayaptimi
- qanday holatda, ya'ni tik turgan, o'tirgan yoki yotgan
- nafas olish chastotasi
- yaxshi sharoitda hatto yurak urish ritmi ham
💰 Bitta tugun uchun ESP32-S3 plata kerak. Narxi taxminan 9 dollar, ya'ni taxminan 115 ming so'm. Raspberry Pi qo'shilsa, tizim yanada kengayadi.
Loyiha to'liq ochiq kodda yozilgan. GitHub-da 75 mingdan ortiq yulduz to'plagan: github.com/ruvnet/RuView