Bilim Hack

Biometrik pasport, ID karta, propiska: 1 avgustdan rozilik berish onlayn bo'ladi

Bolangizga biometrik pasport rasmiylashtirmoqchi bo'lsangiz yoki propiskani o'zgartirish kerakmi? 1 avgustdan boshlab, ya'ni to'rt kundan keyin, rozilik berish tartibi o'zgaradi.

Ichki ishlar vazirligi «E-Rozilik» platformasini ishga tushirmoqda. Boshqa shaxsdan talab etiladigan rozilik Face ID yoki MyID orqali masofadan rasmiylashtiriladi. Telefon va internet yetarli.

Platforma quyidagi holatlarda ishlaydi:

  • voyaga yetmaganlarga xorijga chiqish uchun biometrik pasport
  • 15 dan 18 yoshgacha bo'lganlarning mustaqil chet elga chiqishi
  • 16 yoshga to'lmagan bolalarga ID karta olish
  • yashash va turgan joyi bo'yicha propiskaga qo'yish yoki o'chirish
  • xorijga doimiy yashashga ko'chib chiqish
  • chet el fuqarolarini vaqtincha ro'yxatga olish

Platforma orqali rasmiylashtirilgan elektron rozilik qog'oz shaklidagi rozilik bilan teng huquqli.

To'lov ikki xil. Pasport-viza ilovasi orqali bergan bo'lsangiz, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi, ya'ni taxminan 206 000 so'm to'laysiz. Migratsiya va personallashtirish bo'limiga shaxsan borsangiz, 30 foizi, ya'ni taxminan 123 600 so'm.

Rozilik bir oyga qadar amal qiladi. Xizmat ko'rsatilguniga qadar uni bekor qilish mumkin, lekin to'langan yig'im qaytarilmaydi.

Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Layfxaklar