Uzoq va sog' yashovchi odamlarda uchraydigan xususiyatlar o'rganildi
Italiyaning Sardiniya oroli alohida hudud: bu yerda 90 yoshdan oshganlar soni 150 yildan beri g'ayrioddiy darajada ko'p. Ular ham uzoq, ham sog' va faol yashaydi.
Kalyari universiteti (Italiya) olimlari bu hududning 125 nafar keksa aholisini tekshirishdi. Yoshlari 71 dan 101 gacha, o'rtacha yoshi 80,1. Ularni yaqin atrofdagi oddiy qishloq aholisi bilan solishtirishdi va aniq farqlar topildi.
Ko'k zona vakillari uch jihatdan ajralib turdi:
- Yangiliklarga ochiqlik: ular qiziquvchan, yangi narsalarni sinab ko'rishga tayyor.
- His-tuyg'ularni tushunish: o'z va atrofidagilarning hissiyotlarini yaxshi anglaydi.
- Faol dam olish: haftasiga 11,3 soat aqliy yoki jismoniy mashg'ulotlarga sarflashadi. Qo'shni hududda bu ko'rsatkich 6,8 soat.
Tadqiqot shuningdek stressga moyilligi yuqori bo'lgan odamlarda hayot sifati pastroq ekanligini ham aniqladi.
Olimlar bu savolga to'liq javob topa olishmaydi hali: bu xarakter ularga sog' turmushni olib kelganmi, yoki sog'liq shunday xarakter shakllantirganmi? Har holda, tadqiqot qiziquvchanlik, his-tuyg'ularni boshqarish va faol bo'sh vaqtning uzoq umr bilan bevosita bog'liqligini ko'rsatmoqda.