Bilim Hack

Issiqlik urishi, yopiq mashina va hovuz: issiq kunda asosiy qoidalar

Harorat yuqori bo'lganida, ba'zi xavflar ham ko'proq uchraydi. Issiqlik urishi, yopiq mashina va hovuz, ularning har biri bir necha daqiqada jiddiy vaziyatga aylanishi mumkin.

Tana harorati 40°C dan oshsa, bu shoshilinch holat. Teri qizarib, qurib ketadi, fikr chalkashadi, yurak urishi tezlashadi. Birinchi yordam:

  • Bemorni darhol soyaga olib kiring
  • Ortiqcha kiyimlarni yechib oling, tanasini ho'l lattaga o'rang yoki ustidan salqin suv seping
  • Muzli xaltachalarni qo'ltiq osti, bo'yin va chov sohasiga qo'ying: bu haroratni tezroq tushiradi
  • Tez tibbiy yordam chaqiring

Asosiy maqsad: tana haroratini tashqaridan imkon qadar tezroq tushirish. Suv keyinroq beriladi.

Mashinadagi harorat ham tez ko'tariladi. Tashqarida +40°C bo'lsa, yopiq mashinada atigi 10 daqiqada yana 20 daraja qo'shiladi. Bolaning tanasi katta odamnikiga nisbatan 3 dan 5 martagacha tezroq qiziydi. Moshina oynaklarini ozgina ochib qoldirish ham bu jarayonga katta ta’sir qilmas ekan. Mashinadan tushayotganda, hatto «bir daqiqa»ga bo'lsada, farzandingizni albatta olib chiqing.

Hovuzda xavfsizlik:

  • Kattalar suvda turgan boladan ko'z uzmang, telefon va kitobni chetga qo'ying
  • Suzishni bilmaydigan bolaga hayot qutqaruvchi jilet kiydirib qo'ying
  • Hovuz atrofida yugurmang: pol sirpanchiq bo'ladi
  • Cho'kish ko'pincha past ovozda va tez sodir bo'ladi, har doim hushyor bo'ling

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Havfsizlik