Bilim Hack

Huawei ICT sertifikatini bepul olish mumkin

2025-yil noyabrda Prezident Mirziyoyev BAA bilan birgalikda "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasini rasman ishga tushirdi. Maqsad: 2030-yilgacha millionlab kishini raqamli kasblariga tayyorlash. Aprel 2026 holatiga ko'ra, aileaders.uz platformasida allaqachon 1 milliondan ortiq yosh o'qimoqda.

Platformada 100 ga yaqin kurs bor, barchasi bepul: Coursera, Oracle, Huawei va boshqalar. Huawei kurslaridan uchta yo'nalish bor, kurs tugatgach xalqaro sertifikat beriladi:

  • HCIA-AI V4.0: Sun'iy intellekt va Machine Learning asoslari, yirik AI modellar bilan amaliy ishlash. Yangi boshlovchilar uchun qulay kirish nuqtasi.
  • HCIP-Big Data V2.0: Katta ma'lumotlarni real-time va oflayn qayta ishlash, amaliy loyihalar. O'rta daraja.
  • HCIP-openEuler V1.0: Linux muhitida senior muhandis darajasiga chiqish, tizimni avtomatlashtirish. O'rta daraja.

Huawei sertifikatlari ko'plab xalqaro IT kompaniyalarida ishga olishda e'tiborga olinadi. Boshlash uchun aileaders.uz ga kiring va ro'yxatdan o'ting. Hech qanday to'lov talab etilmaydi.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish