Bilim Hack

Toshkent viloyatida avtobus yo'lkirasi o'zgardi

20-iyuldan viloyat shaharlarida yangi tarif tizimi joriy etildi. Kartochka yoki bank kartasi bilan to'lasangiz, bitta safar 2 000 so'm. Naqd pul bilan to'lasangiz 2 600 so'm, ya'ni 600 so'm qimmatroq.

Oyiga 20 ta safar qilsangiz, kartochka bilan to'lagan odam naqd pul bilan yurganiga qaraganda 12 000 so'm tejaydi. Pul emas, kartochka.

Abonementlar qancha turadi?
● 1 kunlik: 8 000 so'm (cheksiz safar)
● 30 kunlik: 200 000 so'm
● 365 kunlik: 2 400 000 so'm

Pensionerlar, nogironlar, talabalar va maktab o'quvchilari uchun narx ikki baravar arzon:
● 1 kunlik: 4 000 so'm
● 30 kunlik: 100 000 so'm
● 365 kunlik: 1 200 000 so'm

Yana bir foydali narsa: kartochka egalari uchun qayta minish tarifi bor. Birinchi avtobusdan keyin bir soat ichida boshqasiga o'tsangiz, atigi 1 000 so'm to'laysiz. Undan keyingi barcha o'tishlar bepul. Bir necha marshrut bilan qatnaydiganlar uchun bu haqiqatan ham tejamli.

Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Layfxaklar