Bilim Hack

Sangardakda 1,6 km kanat yo'li va olti mehmonxona qurilmoqda

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak oldindan ham sayyohlarga tanish edi. Dengiz sathidan 3 000 metr balandlikda, taxminan 150 metrdan qulab tushadigan sharshara bu maskanning o'ziga xos belgisi.

2024-yil dekabr oyida Prezident farmoni bilan bu yerda yirik turistik markaz barpo etish qaror qilindi. 615 gektarlik hududda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 913,3 milliard so'm.

Avstriya-Shveytsariya kompaniyasi "Doppelmayr" 1,6 km uzunlikdagi kanat yo'lini o'rnatmoqda, tayanch ustunlari allaqachon tayyor. Loyihada boshqa ob'yektlar ham bor.

  • 20 dan ortiq restoran, kafe va bar
  • 296 do'kon
  • 6 mehmonxona, ikki tasi besh yulduzli
  • 10 ta mehmonxona-turarjoy
  • Sanatoriym va rekreatsiya zonalari

Qurilish 2027-yilgacha bosqichma-bosqich yakunlanishi rejalashtirilgan.

Sangardak sharsharasi asosan aprel oyida jonlanadi. Qachon paydo bo'lishi, qachon to'xtashini mahalliy aholi ham oldindan bilmaydi. Kanat yo'li esa bu manzarani tepadan kuzatish imkonini beradi.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Qiziqarli