Bilim Hack

2027-yildan mol-mulk va yer solig'i imtiyozidan 2026-yilda uchta shartni bajargan tashkilotlargina foydalana oladi

Soliq qo'mitasining xabar berishicha, 2027-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar mol-mulk solig'i va yer solig'i bo'yicha imtiyozdan faqat 2026-yil yakuniga ko'ra uchala shartni birdaniga bajargan taqdirda foydalana oladi.

2027-yilda imtiyozdan foydalanmoqchi bo'lgan tashkilotlar 2026-yilda quyidagilarni ta'minlashi kerak:

  • tovar va xizmatlarni sotishdan olingan jami daromad soliq imtiyozi summasidan oshishi;
  • har bir xodimga oyiga kamida 2 baravar eng kam ish haqi miqdorida maosh hisoblanishi;
  • tashkilotda kamida uch kishi ishlashi.

Shartlardan birortasi bajarilmasa ham, tashkilot 2027-yilda imtiyozdan foydalana olmaydi.

Bu talablar to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxslarga, notijorat va byudjet tashkilotlariga, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga hamda qonunchilikda belgilangan boshqa toifalarga tatbiq etilmaydi.

Shartlar Soliq kodeksining 75-moddasida belgilab qo'yilgan.

🔗 Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Qiziqarli