Yoshlar Shunqor-88 anti-dron tizimini yaratdi
"Kelajak muhandislari" respublika tanlovida yoshlarning qiziqarli ishlanmasi e'tibor tortdi. Bilolxon Ismoilov va uning jamoasi xavfli dronlarni ushlab tushirishga mo'ljallangan Shunqor-88 nomli qurilmani taqdim etdi.
Qurilma soatiga 450 km tezlikka yeta oladi, 8 dan 10 km masofadagi xavfli dronlarni zararsizlantiradi. Ishlab chiqarish narxi 20 000 dan 50 000 dollargacha deb baholanmoqda, an'anaviy havo mudofaasi raketasi esa 2 dan 5 million dollargacha turadi.
Qurilma hali mustaqil sinovlardan o'tmagan, ommaviy ishlab chiqarish ham boshlanmagan. Bu musobaqa doirasidagi loyiha bo'lsa-da, g'oyaning o'zi qiziqarli. An'anaviy raketaga qaraganda yuz marta arzonroq anti-dron yechimi taklif qilinmoqda.