Bilim Hack

Bitiruvchilar uchun career.edu.uz ishga tushdi

2026-yil aprelda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi career.edu.uz platformasini taqdim etdi. Universitetni bitirganlar unda kasbiy resume tuzib, vakansiyalar qidirib, ish beruvchilarga to'g'ridan-to'g'ri ariza yuborishlari mumkin.

🤖 Platformada sun'iy intellekt asosidagi «HR menejer» moduli ham bor. Undan haqiqiy intervyuga tayyorlanish uchun mashq suhbatidan o'tib, o'zini sinab ko'rsa bo'ladi. O'z ko'nikmalarini erkin buyurtmalarga taklif etish imkoni ham qo'shilgan.

Ish beruvchilar esa sun'iy intellekt yordamida mos nomzodlarni tezda topib, vakansiyalar joylashtirishadi.

Yaqinda vazirlik mas'ul xodimlari va idoralar uchun amaliy seminar o'tkazildi. Unda platformadan samarali foydalanish va uni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Platforma career.edu.uz saytida hamda Android va iOS ilovalarida mavjud.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish