Bilim Hack

Navbahor tumanida 70 nafar ayol ishga joylashadi

Navoiy viloyatida Markaziy bank bir necha korxonani qo'llab-quvvatlab, ular orqali yangi ish o'rinlari yaratmoqda.

Navbahor tumanidagi "Paradice Garden" MChJ uzumni qayta ishlash va sharbat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona 1,1 million dollar kredit olgach, 70 nafar ishsiz ayolni doimiy ishga oladi.

Sohilbo'yi ekoturizm maskani "Yashil Orol by Grand" sentyabr oyida ochiladi. Umumiy qiymati 10 mlrd so'm, shundan 5 mlrd so'mi bank krediti. Ishga tushgach 40 ta yangi ish o'rni yaratiladi.

Polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi "Jahon savdo plast" MChJ 160 ming dollar kredit oldi, 15 fuqaro ish bilan ta'minlanadi. Korxona oyiga 45 mln so'm elektr energiyasiga sarflaydi. Buning uchun 300 mln so'mlik kredit hisobiga 100 kVt quvvatli quyosh paneli o'rnatiladi va oylik xarajat 30 mln so'mga kamayadi.

"Yoshlar kuni" munosabati bilan Navoiy shahridagi "Turon" mahallasida o'tkazilgan uchrashuvda esa tadbirkorlarning g'oyalari mutaxassislar va sun'iy intellekt yordamida tayyor biznes-loyihalarga aylantirildi.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Layfxaklar