Miyangiz yomon tajribadan keyin kimni chetlab o'tishni qanday o'rganadi
Tokyo universiteti (Yaponiya) olimlari miyada ijtimoiy munosabatlarni boshqaradigan yangi mexanizmni aniqladilar. Natijalar Science jurnalida chop etildi.
Tajriba sichqonlarda o'tkazildi. Avval ikki sichqon bir-birini tanish bo'ldi. Keyin tadqiqotchilar ulardan birini tajovuzkor qiluvchi dori berdi. U boshqa sichqonga hujum qildi. Hujumga uchragan sichqon shundan keyin o'sha tajovuzkorni chetlab o'tadigan bo'ldi. Boshqa tanish sichqon bilan muloqotni esa davom ettirdi.
🔬 Miyada nima o'zgardi?
Gippokampning vCA1 zonasidagi ijtimoiy xotira hujayralari amigdaladagi qo'rquv hujayralari bilan yanada mustahkam bog'lanib qolgan edi. Aynan shu bog'lanish yangi hulq-atvorni shakllantirdi.
Tadqiqotchilar optogenetika orqali bu bog'lanishlarni susaytirganida, sichqon tajovuzkorni chetlab o'tishni to'xtatdi. Ya'ni miyani "qayta sozlash" mumkin ekan.
Xotira va hissiy baho alohida ishlaydi
Miya ikkita narsani bir vaqtda bajaradi: kimligini eslab qoladi va unga nisbatan hissiy bahoni qayta yozadi. Bu ikki jarayon miyaning turli qismlarida alohida amalga oshadi.
Hozircha tadqiqot faqat sichqonlarda o'tkazilgan. Lekin olimlar bu kashfiyot ijtimoiy tashvish buzilishi va depressiyani davolashda yangi yo'l ochishi mumkinligini ta'kidlamoqda.