Yuzlab tadqiqot isbotladi: mashq depressiyaga qarshi haqiqiy vosita
Dunyoda 1 milliard 170 milliondan ortiq odam ruhiy kasalliklar bilan yashayapti. Depressiya ularning eng ko'p uchraydigan holati. Standart yondashuv (dori va psixoterapiya) samarali, lekin bemorlarning 30 dan 50 foizgacha qismida yetarli natija bermaydi.
Ilmiy tadqiqotlar uchinchi yo'lni batafsil o'rganib chiqdi: jismoniy faollik.
🔬 Miyada nima bo'ladi?
Mashq qilganda BDNF (miya rivojlanishiga yordam beruvchi oqsil) miqdori ko'payadi. Bu yangi neyronlar o'sishiga sharoit yaratadi, surunkali yallig'lanishni susaytiradi va stress tizimini tartibga tushiradi. O'z-o'ziga ishonch mustahkamlanadi, ijtimoiy aloqalar jonlanadi.
O'rta darajali depressiyada mashq samarasi psixoterapiya yoki antidepressantlar bilan deyarli tenglashadi. Davolash bilan birgalikda qo'shilsa, natija yanada kuchliroq bo'ladi.
📉 Qancha mashq qilish yetarli?
Tavsiya etilgan jismoniy faollikning yarmini bajarish ham depressiya xavfini 18 foizga kamaytiradi. Kuniga yarim soat tez yurish, uyda gimnastika yoki kechki qisqa yugurish shunday natijaga olib kelishi mumkin.
Iyul issig'ida erta tong (soat 6 dan 7 gacha) yoki kech oqshom mashq qilish qulay. Ichkarida ham bo'ladi: polda cho'zilish, devor squati, qo'l mashqlari.
Og'ir depressiyada albatta mutaxassisga murojaat qilish kerak. Lekin engil va o'rta darajali holatda jismoniy faollik ham to'laqonli davo sifatida ko'rib chiqilishi lozim.