Pulsiz yoki arzon o'qish uchun 5 ta ishlaydigan platforma
Ko'p onlayn kurslar "bepul" deb e'lon qilinib, sertifikat uchun pul so'raydi. Quyidagi besh platforma esa haqiqatan ham bepul yoki arzon. Barchasi Uzbekistondan kirish mumkin, barchasi tekshirilgan.
🇺🇿 uz.khanacademy.org
To'liq o'zbek tilida, to'liq bepul. Matematika, fizika, kimyo, biologiya. Maktab dasturini mustaqil mustahkamlash yoki bilim bo'shliqlarini to'ldirish uchun kuchli variant.
💻 cs50.harvard.edu/x/2026
Harvard universiteti kompyuter fanlari kursi, dunyodagi eng mashhurlaridan biri. Barcha ma'ruzalar va topshiriqlar bepul. Barcha vazifani 70% dan yuqori tugatgach, Harvard sertifikati to'lovsiz beriladi.
🖥 uzbekcoders.uz
IT Park va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikdagi platforma. Coursera'ning 5 ta yo'nalishi, shu jumladan dasturlash va sun'iy intellektga oid kurslar, o'zbek tilidagi subtitrlar bilan. Ro'yxatdan o'tish kifoya.
⌨️ freecodecamp.org
Veb-dasturlash, ma'lumotlar ilmi, algoritmlar. 12 ta sertifikat bor, barchasi bepul. Har bir sertifikat uchun loyihalar bajariladi, natija doimiy havolada saqlanadi.
📊 skillshop.withgoogle.com
Google'ning rasmiy o'quv platformasi. Raqamli marketing, Google Ads, Gemini sun'iy intellekti kurslari bepul, sertifikatlar ham bepul. LinkedIn'ga to'g'ridan to'g'ri qo'shish mumkin.
coursera.org'da 7 000 dan ortiq kurs uchun moliyaviy yordam so'rash mumkin. Kurs sahifasi pastidagi maxsus havola orqali ariza topshiriladi, 15 kundan so'ng javob keladi. Qabul qilinsa, to'liq kurs va sertifikat bepul ochilib qoladi.