Bilim Hack

Janubiy afrikalik yozuvchi 20 oyda 370 kitob yozib, million dollar topdi

Coral Hart taxallusini ishlatadigan janubiy afrikalik bu yozuvchi 2025-yil fevraldan boshlab sun'iy intellekt yordamida 370 dan ortiq roman yozdi, 1 milliondan ziyod nusxa sotdi va faqat shu yil 1 million dollardan ortiq daromad qildi.

Avval bozorda qaysi janrga talab ko'proqligini tekshirib, syujet, qahramonlar va bob rejalarini o'zi tuzadi. Keyin turli modellarni har birining kuchli tomoniga qarab ishlatadi:

  • ChatGPT dialogda zo'r, lekin nasrda sust
  • Claude syujet tuzilmasini yaxshi ushlab turadi
  • Grok esa boshqa modellar rad etadigan sahnalarda qo'l keladi

Asarlarining ko'pchiligi sevgi va romantik janrda, bir asari esa Amazon top-100 ga kirdi.

Yozuvchilar hamjamiyatida unga munosabat keskin: o'n minglab nafrat xabarlari va o'lim tahdidlari ham kelgan. Shaxsini yashirish uchun taxallus ishlatib, tanqidlarga qaramay ishini davom ettirmoqda.

14 yillik nashriyotchilik tajribasi bu yerda ahamiyatli, chunki AI yozgan matn ko'pincha tahrirsiz chiqarishga tayyor bo'lmaydi. Syujet qarama-qarshiliklari, mantiqiy bo'shliqlar, uslub xatolari keng tarqalgan muammo va bunday xatolarni ilg'ash uchun adabiy tajriba kerak.

🔗 Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Sun’iy intellekt