Toshkentda isitish qachon yoqiladi
Toshkent shahar hokimiyati bu savolga rasmiy javob berdi.
Amaldagi tartibga ko'ra bitta shart bor. 🌡️ O'rtacha sutkalik harorat ketma-ket besh kun davomida +8 darajadan past bo'lishi kerak.
Biroq hokimiyat bir narsani qo'shimcha aytdi. Havo keskin sovib ketsa, besh kunni kutmasdan ham tizimni yoqish mumkin. O'tgan yili xuddi shunday bo'ldi. Ijtimoiy binolarda 3-noyabrdan, uy-joylarda 5-noyabrdan isitish berildi.
Hozircha shahar xizmatlari va Veolia Energy Tashkent mutaxassislari birgalikda tizimni mavsumga tayyorlamoqda.
🔗 Manba