Bilim Hack

Apple iPad Mini birinchi marta OLED ekran bilan chiqdi

Kichkina planshet bu avlodda katta yangilanish oldi. Displey 8,3 dyuymdan 8,5 dyuymga kengayib, Super Retina XDR OLED texnologiyasiga o'tdi. Yorqinlik 1200 nitgacha yetadi, bu avvalgidan ikki barobar yuqori. Qorong'ida esa minimal yorqinlik 1 nitgacha tushadi. Yorug' muhitda shu'lani kamaytiruvchi nanoteksturali qoplama bilan ham buyurtma berish mumkin.

Ichiga A20 Pro chip o'rnatildi, 2 nanometrli texnologiya asosida yaratilgan. Grafika va sun'iy intellekt vazifalari sezilarli tezlashgan. Planshet iPadOS 27 bilan ishlaydi, Apple Intelligence va Siri qo'llab-quvvatlanadi.

IP67 darajasida suv va changdan himoya qo'shildi, oldingi avlodlarda bu ko'rsatkich yo'q edi. Korpus qalinligi 5,4 mm.

Front-kamera planshetning gorizontal qirrasiga ko'chirildi, ya'ni ekranga gorizontal qarab o'tirganda kamera to'g'ridan-to'g'ri sizga qaraydi. Video qo'ng'iroqlar va onlayn konferensiyalar uchun qulay.

📅 Oldindan buyurtmalar 28-oktabrdan boshlanadi, sotuvga 6-noyabrdan chiqadi. 128, 256 yoki 512 GB xotirada keladi. Narxi 699 dollardan boshlanadi, taxminan 9 million so'm atrofida. Ranglar ikkita, Starlight va Midnight.

🔗 Manba

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Bosh sahifa