Ishlaydigan onalarga bola 1 yoshga to'lgunicha nafaqa to'lanadi
3 sentabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev kambag'allikni qisqartirish bo'yicha kengaytirilgan yig'ilish o'tkazdi. U yerda ishlaydigan onalarga nafaqa, ijtimoiy reeystr o'zgarishi va vaucher tizimi masalalari ko'rib chiqildi.
Mamlakatdagi qashshoqlik darajasi 3,9% ga tushgan. Biroq 3 yoshgacha bolali oilalarda bu ko'rsatkich 6,5% darajasida qolmoqda.
Ijtimoiy reeystrga kiritishda yangi mezonlar qo'shiladi: daromad miqdori bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko'p bolalilik, chet elda ishlaydigan oila a'zosi ham hisobga olinadi.
Ijtimoiy sug'urta jamg'armasidan ishlaydigan onalarga farzand bir yoshga to'lgunicha nafaqa to'lanadi.
2027-yildan boshlab reeystrga kirgan oilalar bolalari uchun vaucher tizimi joriy etiladi. U orqali davlat va xususiy bog'cha, o'quv markazlari, qatnov va oliy o'quv yurti yotoqxonasi xarajatlari qoplanadi. Vaucher 12 oy amal qiladi; oila reeystrdan chiqib ketgan taqdirda ham bekor bo'lmaydi.
Oilada ishlash qobiliyatli a'zo bo'lmagan hollarda alohida 300 milliard so'mlik ijtimoiy paket mavjud. Shu paketdan allaqachon 11 ming oila foydalangan, ularning yarmida daromad sezilarli o'sgani ta'kidlandi.
🔗 Manba