Onlayn notarial xizmatdagi 30% qo'shimcha yig'im bekor qilindi
Iyul 2026-dan notarial hujjatlarni onlayn rasmiylashtirish uchun undirilgan qo'shimcha 30% yig'im olib tashlandi. Onlayn va oflayn narxlar tenglashtirildi. Faqat birinchi oyning o'zida aholi 9,4 milliard so'm tejaldi.
E-notarius.uz orqali 20 turdagi notarial ish masofadan bajariladi:
- ishonchnomani tekshirish
- merosga oid murojaat yuborish
- mulkka cheklov borligini aniqlash
- yaqin notariusni topib, elektron navbatga yozilish
Meros ishlarida "SHAJARA" dasturi merosxo'rlar doirasini avtomatik aniqlaydi.
"Notarius" tizimi 22 ta vazirlik va idoraning 40 ta axborot tizimiga ulangan. Natijada fuqaro o'zi keltirishi kerak bo'lgan hujjatlar miqdori 95% qisqargan. Kerakli ma'lumotlarni notarius tizim orqali o'zi so'rab oladi. Yiliga 15 million dan ortiq hujjat esa chop etilmay, raqamli arxivda saqlanmoqda.
🔗 Manba