Energetika vazirligi isitish moslamalari xavfsizligi bo'yicha ogohlantirdi
Havo soviy boshladi. Energetika vazirligi aholini gaz jihozlarini o'z vaqtida tekshirishga chaqirdi.
Is gazi ayniqsa xavfli, chunki u rangsiz va hidsiz. Uy ichida to'planib qolsa ham sezib bo'lmaydi. Nosoz isitish moslamalari, noto'g'ri ulangan tutun o'tkazgichlar yoki malakasiz o'rnatilgan gaz jihozlari zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Xavfning oldini olish uchun:
- Faqat texnik talablarga javob beradigan, ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalaning.
- Gaz jihozlarini o'rnatish va tekshirishni malakali mutaxassislarga ishoning.
- Tutun chiqargichlar va ventilyatsiya kanallarini qurumdan muntazam tozalab turing.
- Ventilyatsiya kanallarini berkitmang.
- Gaz plitkasini xonani isitish uchun ishlatmang.
Zaharlanishning birinchi belgilari bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi va holsizlik. Bunday alomatlar sezilsa, darhol toza havoga chiqing, yonidagilarni ham olib chiqing va tez tibbiy yordam chaqiring.
🔗 Manba