Dunyo birinchi quyosh tez yordam mashinasi Keniyada sinovga chiqdi
Gollandiyalik 23 nafar talaba ikki yillik mehnatdan so'ng Stella Juva prototipini taqdim etdi. Eindhoven texnologiya universitetining Solar Team jamoasi ilgari quyosh energiyasida ishlaydigan yo'lovchi va yo'lsiz avtomobillar yaratgan. Bu safar maqsad boshqacha. Elektr tarmog'i va yoqilg'i bo'lmagan hududlardagi odamlarga tibbiy yordam yetkazib berish.
Ko'chma kasalxona g'oyasi
Mashinaning tomidagi yuqori samarali quyosh panellari dvigatelni ham, ichidagi tibbiy uskunalarni ham bir vaqtda quvvatlaydi. Quyoshli kunda 715 km yurishi, soatiga 120 km tezlikka yetishi mumkin. 50 kVt·soatlik batareya tungi ishlar yoki bulutli kunlar uchun ham yetarli.
Ichida sil kasali uchun rentgen apparati, homiladorlik ultratovushi, malyariya tezkor testi va emlash uchun muzlatgich bor. Og'irligi atiga 1 350 kg. Oddiy tez yordam mashinalari 3 500 dan 6 350 kilogrammgacha tortadi.
Loyiha hozircha tadqiqot prototipi. Muhandislik sxemalari ochiq manbada nashr etiladi, yirik avtomobil zavodlari va xalqaro sog'liqni saqlash tashkilotlarini jalb etish maqsadida.
Avgustda jamoa Stella Juva ni Keniyaga olib borib, Amref Health Africa tashkiloti bilan birgalikda haqiqiy sharoitlarda sinovdan o'tkazadi.