Bilim Hack

Xiaomi chiqargan aqlli akvarium baliqlarni o'zi boqadi

Mijia Smart Fish Tank 2 Pro uyda akvarium saqlashni ancha yengillashtiribdi. 31 litrlik idish baliqlarni o'zi oziqlantiradi, suv harakatini tartibga soladi va baliqlar turiga qarab yoritishni ham moslaydi.

Avtomatik oziqlantiruvchi qo'lda va jadval bo'yicha ishlaydi. Ovqatlantirish o'z vaqtida bo'lmasa yoki nosozlik kelib chiqsa, Mijia ilovasi bildirishnoma yuboradi. Ilova orqali uzoqdan oziq berib, suv nasosini sozlab, harorat grafigini kuzatish ham mumkin.

Filtrlash tizimi U-shaklidagi biofiltr kanalidan o'tadi. Bu suv tozalovchi bakteriyalar bilan uzoqroq aloqada bo'lishini ta'minlaydi. Suv oqimi minutiga 510 litrga qadar moslashadi.

Old tomonidagi 1,47 dyuymli LCD ekranda harorat va qurilma holati ko'rinib turadi. Yoritishni Xiaomi'ning Xiao Ai ovozli yordamchisi ham boshqaradi.

Elektr uzilganda quvvat banki orqali ishlashda davom etadi.

Narxi 599 yuan, taxminan 1 million so'mga to'g'ri keladi. Hozircha faqat Xitoyda sotilmoqda.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Texnika