Haftada ikki marta 30 daqiqa yoga uyquni sezilarli yaxshilaydi
Uxqu muammosi bo'lgan odamlar uchun Xarbin sport universiteti olimlari eng samarali mashqni topdi.
30 ta nazorat qilingan tadqiqot va 2576 ishtirokchi ma'lumotlari tahlil qilinib, solishtiruvga yurish, aerobika, kuch mashqlari, taychi, qi gong va yoga kiritildi.
Barcha variantlar orasida yuqori intensivlikdagi yoga birinchi o'ringa chiqdi. Haftada ikki marta, har sessiya 30 daqiqagacha, 8-10 hafta davom ettirilganda uxqu sifati boshqa barcha mashqlarga qaraganda sezilarli yaxshilandi.
Yuqori intensivlikdagi yogada pozalar tez almashadi va tana og'irligi qarshilik vazifasini o'taydi. Sust cho'zilishlardan ko'ra bu kuch ham, harakat ham talab qiladigan sessiya.
Qolgan variantlar orasida yurish ikkinchi, kuch mashqlari (Pilates, og'irlik ko'tarish) uchinchi o'rinda turdi.