Anomal issiqda tashqi ishlar soat 10:00 dan 17:00 gacha to'xtatilishi shart
Davlat mehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga va ish beruvchilarga majburiy ko'rsatma yubordi. Harorat +36 daraja va undan oshgan sharoitda ochiq havoda mehnat qilish yangi tartibga solindi.
Ko'rsatmaning asosiy talablari:
- Soat 10:00 dan 17:00 gacha yuqori harorat ta'sirida bajariladigan tashqi ishlar vaqtincha to'xtatiladi
- Ish beruvchilar xodimlarga yetarli miqdorda sifatli ichimlik suvi berishi shart
- Quyosh va issiqdan himoyalangan dam olish joylari tashkil etilishi kerak
- Tibbiy ko'rikdan o'tmagan yoki yaroqsiz deb topilgan kishilarni ishlatish taqiqlanadi
- Shaxsiy himoya vositalari berilishi majburiy
Sog'lig'i yomonlashgan xodimga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko'rsatish ham ko'rsatmada alohida belgilangan.
Agar ish sharoiti hayotingizga haqiqiy xavf tug'dirsa, ishdan bosh tortishga haqlisingiz. Bu holatda o'rtacha oyligingiz saqlanib qoladi.
Ko'rsatma talablarini buzgan mansabdorlar amaldagi qonunchilik bo'yicha javobgarlikka tortiladi.