Bilim Hack

Qabul-2026: maktab o'qituvchilari uchun 648 ta davlat granti

Qabul mavsumi avjida. Oliy ta'lim vazirligi o'qituvchilarga ehtiyoji yuqori bo'lgan hududlar uchun 648 ta maqsadli o'rin e'lon qildi. Hammasi kunduzgi bakalavriatda, davlat granti asosida.

Tillar bo'yicha:

  • O'zbek tili: 594 o'rin
  • Rus tili: 51 o'rin
  • Qozoq tili: 3 o'rin

Maqsadli qabul nima?
Bu oddiy kvotadan alohida tizim. O'zingiz yashayotgan hududda o'qituvchi taqchilligi bo'lsa, shu yo'l orqali davlat granti bilan pedagogika yo'nalishiga kirish imkoni bor. Asosiy shart: o'sha hududda yashash va maktab yoki kollejni shu yerda bitirgan bo'lish. Tahsilni tugatgach, 5 yil o'sha hududda ishlash majburiyati olinadi.

Ball unchalik baland bo'lmasa ham, maqsadli kvota orqali imkon ko'proq. Aniq OTMlar va hududlar to'liq ro'yxatini qabul komissiyalaridan so'rab bilib olsa bo'ladi.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish