Bilim Hack

Xotin-qizlarga 4 000 ta qo'shimcha davlat granti: kimlar murojaat qila oladi

2026/2027 o'quv yili uchun bakalavr kunduzgi bo'limiga qabul jarayonida xotin-qizlarga 4 000 ta qo'shimcha davlat granti ajratildi. O'rinlar viloyatlar bo'yicha taqsimlangan. Farg'ona viloyati eng ko'p ulushni olgan: 529 ta o'rin. Sirdaryo viloyatiga 140 ta o'rin to'g'ri keladi.

Bu kvota qaysi oilalardagi qizlarga tegishli?

  • Har bir a'zoga daromad belgilangan me'yordan past bo'lgan kam ta'minlangan oilalar
  • Ota yoki onasini yo'qotgan to'liqsiz oilalar
  • Ota-onasi 1 yoki 2-guruh nogironligi bo'lgan qizlar
  • Yolg'iz ona ikki va undan ortiq bolasini mustaqil tarbiyalab boqayotgan oilalar
  • Nogiron bolasi bor oilalar

Kvotadan foydalanish uchun qabul imtihonida 68 balldan oshish kerak. Nogironligi bo'lgan abituriyentlar uchun bu chegara 56.7 ball. Tavsiyanoma o'z-o'zidan ball qo'shmaydi, faqat shu kvota bo'yicha alohida tanlovda ishtirok etish imkonini beradi. Bu imkoniyat faqat birinchi tanlagan yo'nalishga tegishli.

Ajratilgan o'rinlar uch yo'nalishga ustunlik beradi: aniq va tabiiy fanlar, muhandislik hamda tibbiyot. Qolgan kvotalar boshqa sohalar bo'yicha ham taqsimlangan.

Tavsiyanomani mahalliy Oila va xotin-qizlar qo'mitasidan olish mumkin.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish