Bilim Hack

Yozgi issiqda turizm obyektlari uchun "siyesta" taklif qilindi

O'zbekiston Turizm qo'mitasi yoz mavsumida mehmonxonalar, muzeylar va restoranlarning ish tartibini o'zgartirishni taklif qildi. Sinov loyihasi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada 1-iyundan 31-avgustgacha amal qilishi ko'zda tutilmoqda.

Yangi tartibda kun uch qismga bo'linadi:
● ertalabki davr: soat 07:00 dan 13:00 gacha
● "siyesta" tanaffusi: 13:00 dan 17:00 gacha
● kechki davr: 17:00 dan 23:00 gacha

Tanaffus davomida turizm obyektlari to'liq yopilmaydi. Konditsionerlar ishlayveradi, asosiy xodimlar qoladi va mehmonlarga xizmat ko'rsatiladi.

Loyiha yana ikkita yangi dasturni ham ko'zda tutmoqda: "Tungi muzey" va "Kechki ekskursiya". Kafe va restoranlarda maxsus yozgi menyular tayyorlanadi, kechqurun gastronomik va madaniy tadbirlar ko'proq o'tkaziladi.

Muhim bir shart: yangi jadvalga o'tish xodimlarning ish haqiga ta'sir qilmasligi kerak.

Loyiha hozir jamoatchilik muhokamasi bosqichida. Muhokama 25-iyulgacha davom etadi.

Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Layfxaklar