Bilim Hack

TSTU va Xitoyning Changan universiteti qo'shma dasturiga hujjat qabul boshlandi

Toshkent davlat transport universiteti Xitoyning Xi'an shahridagi Changan universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga hujjat qabul qilmoqda. Changan Xitoyda transport va muhandislik yo'nalishida yirik universitetlardan biri.

Bakalavriat yo'nalishida birinchi ikki yilni TSTUda shartnoma asosida o'qib, keyingisini Xitoyda grant asosida yakunlash mumkin. Magistraturada o'qish bir yili Xitoyda, ikkinchi yili Toshkentda o'tadi. Dastur doirasida xalqaro sertifikatlar va chet elda amaliyot imkoniyati ham bor.

Hujjat topshirish admission.tstu.uz/joint saytida amalga oshiriladi. Batafsil ma'lumot uchun

  • +998 88 733-45-44
  • +998 99 743-02-78
  • +998 77 283-61-50

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish